ZAMONAVIY POLIGRAFIYA VA UNING IMKONIYATLARI

CANON UB-BOSMA YANGI TEXNOLOGIYASINI E'LON QILDI

Toshkent – Canon kompaniyasi UB-bosmaning yangi texnologiyasi yaratilganligini e'lon qildi, u kompaniyaning kelgusi keng formatli printerlarida qo‘llaniladi. Texnologik innovatsiya rulonlarga chop etishda ishlatiladi. Bu texnologiyaning alohida ajralib turuvchi xususiyatlari darhol quriydigan va material bilan kirishganda gelga aylanadigan ultrabinafsha siyohlar bo‘ldi, bu xususiyat chop etishda yaxshiroq aniqlik va tezlikka erishish imkonini berdi. Bu texnologiya ekologik rulon printerlarning butun boshli avlodi yuzaga kelishiga yordam beradi, u ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini oshiradi. Yangi texnologiyalarning yana bir afzalligi odatiy UB printer bilan qiyoslaganda, siyohlar sarfining 40%ga kamayishidir. Canon Europe grafika va sinovdan o‘tkazish departamenti marketing bo‘yicha direktori Per-Olive Esteban bayonot berishicha, rulon printerlarning bu turi kichik bosmaxonalarga mo‘ljallangan, chunki ular yuqori texnologik matbaa jihozlariga qaraganda hamyonbop va tejamkordir.

Yangi texnologiyalarga asoslangan qurilma 2017 yil bahorida chiqariladi.

Sana: 04 Dec 2016