Keyingi yillarda, turar joy va tijorat binolari interyer dizayni rivojlangani sari, ko‘pchilik interyer bosmasi turiga afzallik bera boshladi. Interyer bosmasi uylar, ofislar, ko‘rgazma stendlari, jo‘konlar, restoranlar va boshqa binolarni bezashga juda mos keladi.
Interyer bosmasi keng formatli bosma turiga kiradi va juda yuqori zichlik hamda ranglar aniqligi bilan ajralib turadi. Chop etishda faqat original pigmentli siyohlar ishlatiladi, bu raqamli tashuvchidagi tasvirni maksimal darajada aniq yetkazishga va chop etilgan mahsulotning oqarib ketishga nisbatan barqarorligi yuqori ekanligiga amin bo‘lishga imkon beradi.
Interyer bosmasi quyidagi tur materiallarda ishlatiladi: plyonka, to‘qimachilik mahsulotlari, fotooboylar, fotoqog‘oz, yopishqoq qog‘oz, kanop mato (xolst), pentaprint.
Interyer bosmasi afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: tasvirning yuqori sifati, chop etish tezligi, chidamliligi, ekologik tozaligi, hamyonbopligi.
Ushbu turdagi bosma tufayli har qanday bino dizayni ultra zamonaviy va original bo‘ladi.