Bugungi kunda butun dunyoda matbaa mahsuloti marketing va reklamaning qudratli vositasi sanaladi. Hech bir vakolatli tashkilot jozibali va yorqin reklama materiallari (varaqalar, plakatlar, bukletlar, kataloglar, prospektlar, otkritkalar, taqvimlar va h.k.)siz ishini bitirmagan, ular yangi mijozlarni jalb qilishga va bozordagi raqobatchilari orasida ajralib turishga yordam beradi. Amalda biznesdagi odob timsoliga aylangan tashrif qog‘ozi (vizitka) alohida tilga olishga arziydi. Sifatli import qog‘ozdan, laminatsiya yoki embossirlash effektlari bilan tayyorlangan ajralib turuvchi tashrif qog‘ozi muvaffaqiyatingiz garovidir.
Shu tariqa, bosma matbaa mahsuloti allaqachondan beri faqat axborot xarakteriga ega bo‘lmay qoldi. Ko‘p jihatdan firmaning xos bosma mahsuloti tashkilotning bozordagi obro‘siga ta'sir ko‘rsatadi va u haqda aholi orasida muayyan tasavvur/taassurot shakllantiradi. Kompaniyaning xos uslubi - bu tashkilot qadriyatlari, uning falsafasi, individual xarakteristikasi va raqobatchilari oldidagi afzalliklarining in'ikosidir.
Noyob xos uslub va sifatli tayyorlangan marketing materiallari – bu Sizning bozordagi yorqin obro‘ingiz kafolatidir. ADG Copy Center bosmaxonasi to‘liq sikldagi dizayn va matbaa xizmatlarini taklif etadi – ularga dizayn-maket ishlab chiqishdan to uni tayyorlashgacha kiradi. Agar Sizda tayyor logotip, xos uslub yoki reklama materiallarini bezashning o‘zingizga xos gʻoyasi bo‘lmasa, bizning professional dizaynerlarimiz Siz uchun takrorlanmas brend-buk, neyming, shior, reklama va bosma mahsulotning grafik dizaynini ishlab chiqishga tayyorlar. Mijozlarimiz quyidagi dizaynerlik xizmatlaridan foydalanishlari mumkin: - xos uslubni ishlab chiqish (logotip, tashrif qog‘ozi, firma blankasi, xatjild, papka, yon daftar) ishlab chiqish;
- reklama kampaniyasi konsepsiyasini ishlab chiqish (g‘oya, shior, barcha turdagi media tashuvchilar uchun reklama mahsuloti dizayni);
- “imij” mahsuloti (taqvimlar, paketlar, ruchkalar, futbolkalar, biznes-suvenirlar va boshqalar) dizaynini ishlab chiqish
Shuningdek, bosmaxona fayllarni chop etishdan oldingi (prepress) tayyorlash, tasvirlar (rastrli yoki vektorli)ga ishlov berish, sahifalash, zarur hollarda matnlarni tahriri qilish, ranglarni korreksiyalash bilan ham shug‘ullanadi. ADG Copy Center dizaynerlik bo‘limi Sizni o‘zining ijodiy va yorqin yechimlari bilan mamnun qiladi!